«nomusga tegish» tegli maqolalar


Qashqadaryoda qizning nomusiga tegish bilan tahdid qilib, jarayonni videoga olgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi
26 aprel 2024, 12:21

Qashqadaryoda qizning nomusiga tegish bilan tahdid qilib, jarayonni videoga olgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Qashqadaryoda yigit voyaga yetmagan qizni yechinishga majburlab, jinsiy tegajog‘lik qilgani va kaltaklagani videosi tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, yigit va jarayonni videoga olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi
17 yanvar 2024, 15:06

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi

Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nega 3 yil qamoq jazosi berildi?
3 noyabr 2023, 22:49

Mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nega 3 yil qamoq jazosi berildi?

Bosh prokuratura va Oliy sud mas’ullari Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan 2 sobiq amaldorga chiqarilgan hukm to‘g‘ri malakalanganini ta’kidladi. Protsessual harakatlarda nomusga tegish holati topilmadi, dedi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yilga qamaldi
18 oktabr 2023, 15:45

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yilga qamaldi

Qibrayda 2019-yilda 13 yoshli qiz 27 yoshli qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Sud jinoyatchiga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Qoraqalpog‘istonda erkak 13 yoshli qo‘shni qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanib ushlandi
5 sentabr 2023, 15:01 1

Qoraqalpog‘istonda erkak 13 yoshli qo‘shni qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanib ushlandi

Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qizni qo‘shni erkak zo‘rlagani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda 61 yoshli ayolni zo‘rlaganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan erkak qo‘lga olindi
5 sentabr 2022, 14:38

Samarqandda 61 yoshli ayolni zo‘rlaganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan erkak qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1961 yilda tug‘ilgan ayolning nomusiga tegganlikda gumonlangan va qidiruvga berilgan shaxs Jizzax viloyatida ushlandi. Qo‘lga olish jarayonida u Aydar-Arnasoy ko‘li ortidagi chekka hududlardan biriga yashiringani aniqlandi.

Toshkentda qashqadaryolik qiz «uchastkavoy» zo‘rlaganini ma’lum qildi
3 avgust 2022, 22:27

Toshkentda qashqadaryolik qiz «uchastkavoy» zo‘rlaganini ma’lum qildi

Qashqadaryolik qiz Toshkentda profilaktika inspektori tomonidan zo‘rlangani va undan homilador bo‘lib qolganini ma’lum qildi. IIO xodimi ularning muloqoti o‘zaro kelishuv asosida bo‘lganini ta’kidlab, tergovga dalil sifatida video taqdim etdi. U qizning homilador bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini ham aytgan.

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan
9 aprel 2021, 20:13

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan

Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting